⚡️ Vazirlikda tizim tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish hamda tizimni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

03 Apr, 2026 - 10:00
8

⚡️ Vazirlikda tizim tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish hamda tizimni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Bugun, 3-aprel kuni vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov rahbarligida Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish hamda tizimni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi:

🔹Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash va zamonaviy kadrlar tayyorlash masalalari;
🔹2026/2027-o‘quv yili uchun qabul parametrlarini shakllantirish;
🔹Xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish hamda o‘quv jarayonlariga xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
🔹Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni oshirish;
🔹Pedagog xodimlar malakasini muntazam oshirib borish;
🔹Xalqaro madaniyat ta’limi forumiga tayyorgarlik ko'rish ishlari masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi hamda tizimni izchil rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa

Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash