Madaniyat vazirligi xodimlari sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha o‘qitilmoqda
19 Mar, 2026 - 10:00
9
Madaniyat vazirligi xodimlari sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha o‘qitilmoqda
Madaniyat vazirligi xodimlari sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha o‘qitilmoqda.
Madaniyat vazirligida soha xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini oshirish va ish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-358-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi” ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Asosiy urg‘u berilgan masalalar quyidagilar:
Ish jarayonlarini optimallashtirish: vazirlik faoliyatida sun’iy intellekt (SI) imkoniyatlaridan foydalangan holda vaqtni tejash va samaradorlikni oshirish.
Pullik obunalar va vositalar: vazirlik tomonidan xarid qilingan zamonaviy SI platformalaridan professional darajada foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
KPI va natijadorlik: davlat xizmatchilari faoliyatini baholashda SI texnologiyalarini o‘zlashtirish darajasi muhim ko‘rsatkich etib belgilandi.
"Bugungi kunda sun’iy intellekt shunchaki qiziqish emas, balki ish unumdorligini oshiruvchi zaruriy vositadir. Bizning maqsadimiz — xodimlarimizga ushbu vositalardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanishni o‘rgatish," — dedi seminar ma’ruzachisi, Vazir maslahatchisi A.Nabiyev.
Mazkur trening vazirlik markaziy apparati xodimlarining kundalik ish faoliyatida tahliliy ma’lumotlar bilan ishlash va kreativ yondashuvlarni shakllantirishiga xizmat qiladi.