📢 Sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
18 Mar, 2026 - 12:00
8
📢 Sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 18-mart kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.v.b Bekzod Baxromov ishtirokida Olmazor tumani 25-son bolalar musiqa va san’at maktabi konsert zalida sayyor qabul tashkil etildi.
🧾 Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, madaniyat va san’at sohasi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan murojaat, taklif hamda shikoyatlari bilan ishtirok etishdi.
➡️ Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
➡️ Shuningdek, qabul jarayonida 25-son bolalar musiqa va san’at maktabining faoliyati hamda mavjud sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.
⚡️ Eslatib o‘tamiz:
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, taklif va shikoyatlari 24/7 rejimda Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasining onlayn murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus bot orqali ham qabul qilinadi.
⚡️ Ma'lumot uchun:Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, taklif va shikoyatlari onlayn 24/7 rejimda murojaatlarni qabul qiluvchi bot: https://t.me/BoshqarmagaMurojaatBot