🎨 “Khiva Art Fest” Xalqaro ijodiy tanlovi boshlandi!
23 Mar, 2026 - 12:00
5
🎨 “Khiva Art Fest” Xalqaro ijodiy tanlovi boshlandi!
🎨 “Khiva Art Fest” Xalqaro ijodiy tanlovi boshlandi!
“Khiva Art Fest” xalqaro ijodiy tanlovining birinchi kuni yuqori kayfiyat, ilhom va ijodiy muhitda davom etmoqda!
👍 Ayni damda Xorazm viloyatining tarixiy va betakror maskani Xiva shahrida “Khiva Art Fest – 2026” xalqaro ijodiy tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli festival turli davlatlardan tashrif buyurgan iste’dod egalarini bir maydonda jamladi.
🏛 Tanlovda Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.v.b., “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Bekzod Baxromov hakamlar hay’ati raisi sifatida faol ishtirok etmoqda.
🎼 Shuningdek, mazkur tanlovda 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Shahlo Jalalova ham hakamlar hay’ati a'zosi sifatida ishtirok etmoqda.
🧾 Festival doirasida:
➡️ yosh ijodkorlarning chiqishlari
➡️ milliy va zamonaviy san’at uyg‘unligi
➡️ yorqin sahna namoyishlari barchaga unutilmas taassurot bag‘ishlamoqda.
📸 Quyida festival jarayonlaridan lavhalar bilan tanishing!