⚡️ Yangi O‘zbekistonning yorqin yulduzlari xalqaro maydonda
25 Mar, 2026 - 10:00
9
⚡️ Yangi O‘zbekistonning yorqin yulduzlari xalqaro maydonda
⚡️ Yangi O‘zbekistonning yorqin yulduzlari xalqaro maydonda
Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, erkin fikrlash muhiti va ijodiy qo‘llab-quvvatlash tizimi ularning kamol topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham o‘z iste’dodi va salohiyati bilan e’tibor qozonmoqda.
Turli xalqaro tanlovlar va festivallarda ishtirok etayotgan ijodkor yoshlarimiz o‘z asarlari orqali dunyo ahlini hayratga solib milliy madaniyatimizni munosib tarzda namoyon etmoqda.
Jumladan, shu kunlarda:
⚫️ Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlarning Birinchi yoshlar Delfi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va uning Nukus filiali talabalari, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyati ijodkor yoshlari;
⚫️ Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY va Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasining Turkiy davlatlar bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan Gaziantep shahrida “Navro‘z – yangi kun” deb nomlangan bayram dasturida nufuzli san’atkorlar qatorida “Instagram”da shov-shuv bo’lgan R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o’quvchilaridan tashkil topgan sozanadalar jamoasi;
⚫️ Toshkent shahar 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining estrada xonandaligi yo‘nalishi 5-sinf o‘quvchisi Husniddinova Yasmina ilk bor O‘zbekiston nomidan Angliyaning Blackpool shahrida o‘tkazilgan dunyoga mashhur "Britain's Got Talent" loyihasida ning saralash bosqichlarida ishtirok etishmoqda.
Ijodkor yoshlarimizga yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz!
Ijodkor yoshlar — mamlakatimizning kelajagi, madaniyatimizning elchilari va yangi davr qahramonlaridir!