Qo‘qonda Uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
22 Sep, 2025 - 09:00
111
Qo‘qonda Uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Qo‘qonda Uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19-21-sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan Uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivali katta bayram shodiyonasi bilan yakunlandi. Dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan 300 nafarga yaqin mohir hunarmandlar, xalqaro tashkilotlar, madaniy va ilmiy jamoatchilik vakillari, yurtimiz hunarmandlari, nuroniylar, faollar hamda yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan festivalning yopilish marosimida festival g‘oliblari va sovrindorlari munosib taqdirlandilar.
Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov va Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov festival g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alarini tantanali topshirdilar.
Bu yilgi festivalga imkoniyati cheklangan hunarmandlar ham alohida taklif qilingan bo‘lib, tadbirda ularning ham mehnatlari e’tirof etilib, pul mukofotlari topshirildi.
“Eng yosh hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Khounphithack Latisavath (Laos)
2-o‘rin: Shaxriyor Baratov (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Albina Sarsengaliyeva (O‘zbekiston)
“Kelajak umidi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Gulmira Islomova (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Jafar Qurbonov (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Maftuna Sodiqova (O‘zbekiston)
“Qadimiy sulola davomchisi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Nurzat Zhenbek qizi (Qirg‘iziston)
2-o‘rin: Sharif Raupov (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Premruyedeye Kullasu (Tailand)
“Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Mirmahsud Mirrahimboyev (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Nargiza Sherxodjayeva (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Nodira Usmonova (O‘zbekiston)
“Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Hakimjon Tadjibayev (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Khatri Mohammed (Hindiston)
3-o‘rin: Ayubxon Mirzayev (Tojikiston)
"Mohir matonatli usta” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Jasur Jumayev (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Shodiya Shavkatova (O‘zbekiston)
3-o‘rin: Layloxon Hasanbayeva (O‘zbekiston)
“Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Mirzayunus Umarov (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Aliakbar Ramezani (Eron)
3-o‘rin: Muftidin Bukardinov (Qirg‘iziston)
Uchinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali yopilish marosimi taniqli san’atkorlar va badiiy jamoalar ishtirokidagi katta konsert dasturi bilan yakun topdi.