#2_kun. Matbuot siyosatining asosiy tamoyillari: aniqlik, xolislik, tezkorlik
19 Sep, 2025 - 19:00
134
#2_kun. Matbuot siyosatining asosiy tamoyillari: aniqlik, xolislik, tezkorlik
Joriy yilning 18-19-sentyabr kunlari Madaniyat vazirligining Matbuot xizmati tomonidan hududiy matbuot xizmatlari ishtirokida navbatdagi oflayn yig‘ilish hamda seminar bo‘lib o‘tdi.
19-sentyabr kuni Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida tizim tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniyat boshqarmalarining matbuot xizmatlari xodimlari uchun “Matbuot xizmatlarining bugungi kundagi faoliyati ” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda, asosiy e’tibor davlat organlari va tashkilotlarining axborot siyosatini samarali olib borishda xabarlarni yaratish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, inqirozli vaziyatlarda tezkorlik bilan munosabat berish, ijtimoiy tarmoqlarni faol yuritish, hujjatlarni yuritish, matbuot kotibining imiji kabi mavzularda ma’ruzalar qilinib, keyslar keltirildi.
Shuningdek, u axborot tarqatishda aniqlik, xolislik va tezkorlik asosiy mezon bo‘lib qolishligi ta’kidlandi.
Seminar yakunida ishtirokchilar bilan o‘zaro fikr almashildi hamda savollarga javoblar olishdi.