#1_kun. Matbuot siyosatining asosiy tamoyillari: aniqlik, xolislik, tezkorlik

18 Sep, 2025 - 19:00
87
#1_kun. Matbuot siyosatining asosiy tamoyillari: aniqlik, xolislik, tezkorlik

#1_kun. Matbuot siyosatining asosiy tamoyillari: aniqlik, xolislik, tezkorlik

Joriy yilning 18-19-sentyabr kunlari Madaniyat vazirligining Matbuot xizmati tomonidan hududiy matbuot xizmatlari ishtirokida navbatdagi oflayn yig‘ilish hamda seminar bo‘lib o‘tdi.

18-sentyabr kuni Madaniyat vazirligida Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sirojiddin O‘sarov boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniyat boshqarmalarining matbuot xizmatlari xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor davlat organlari va tashkilotlarining axborot siyosatini samarali olib borish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda ijtimoiy tarmoqlarni  faol yuritish masalalariga qaratildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Matbuot xizmatlarining faoliyatini baholash va mavjud muammolarni muhokama qilish;

Jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kengaytirish yo‘llari;

Media savodxonlik va PR bo‘yicha xodimlar salohiyatini oshirish;

OAV bilan tezkor va samarali axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

Ijtimoiy tarmoqlarda tashkilot imijini shakllantirish va saqlab qolish.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sirojiddin O‘sarov matbuot xizmatlarining bugungi kunda tutgan o‘rni va ularning ijtimoiy barqarorlikka ta’siri haqida alohida to‘xtaldi. Shuningdek, u axborot tarqatishda aniqlik, xolislik va tezkorlik asosiy mezon bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda yaqin kelajakdagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniyat boshqarmalarining matbuot xizmatlari xodimlari Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida namoyish etilgan “Kuyovning omonati” spektaklini tomosha qilishdi.

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash