Chellenj g‘oliblari taqdirlandi!

05 Sep, 2025 - 12:00
14
Chellenj g‘oliblari taqdirlandi!

Chellenj g‘oliblari taqdirlandi!

Chellenj g‘oliblari taqdirlandi! 

  Ma’lumki, Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan 2025-yil 23-avgustdan 3-sentabrgacha  #TOSHKENT_MADANIYATI, #VATAN_UCHUN_MILLAT_UCHUN_XALQ_UCHUN! chellenji tashkil etildi.

 Poytaxtimiz madaniy hayotida yorqin voqea bo‘lgan mazkur chellenj Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi barcha ijodiy jamoalar hamda musiqa maktablari o‘quvchilarini yagona vatanparvarlik g‘oyasi ostida birlashtirishi barobarida, ularga o‘z iqtidorini ommaga namoyish etish va milliy madaniyatimizni yanada keng targ‘ib qilish imkoniyatini ham taqdim etdi.

  5-sentabr kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Davron Sheraliyev chellenj g‘olib va sovrindorlarini samimiy tabriklab, ularni taqdirladi. 

Chellenj natijalariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib, deb topildi.

 1-o‘rin - Elyor Meliboyev (G‘olibga I-darajali Diplom va televizor taqdim etildi),

 2-o‘rin - Yasmina Husniddinova (G‘olibga II-darajali Diplom va Planshet topshirildi), 

 3-orin - Zohida Umarova (G‘olibga III-darajali Diplom va Planshet taqdim etildi). 

 Shuningdek, chellenjda faol ishtirok etib yaxshi natijalarga erishgan bir qator ishtirokchilar ham tashakkurnomalar rag‘batlantirildi. 

 Loyiha natijalari haqida:

 Mazkur chellenjda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 200 nafardan ortiq ijodkorlar (yakka va jamoaviy chiqishlarda) ishtirok etishdi. 

  Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan videokontentlar umumiy hisobda 1 milliondan ortiq ko‘rishlarga sazovor bo‘ldi. 

  Chellenjda mashhur xonandalar, aktyorlar hamda raqqosalar ham faol qatnashishib, professional ijod namunalarini namoyon etishdi. 

Chellenj haqidagi ma’lumotlar Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, San’at va madaniyat instituti hamda 10 dan ortiq mashhur ijtimoiy tarmoq kanallarida keng yoritildi. E’tiborlisi, bunda blogerlar ham faol ishtirok etishdi!

  Xulosa qilib aytganda, chellenj qisqa fursatda keng ommaga tarqalib, ijodkorlarning iqtidorini namoyin etdi, ularni ilhomlantirdi va madaniyatimizni targ‘ib qilishda samarali loyiha sifatida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Bu faqat boshlanishi xolos! Hali oldinda yanada keng qamrovli, yangi loyihalar sizni kutmoqda, aziz muxlislar. Shunday ekan, bizni kuzatishda davom eting! 

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash