Qaynoq yoz mavsumida ko‘ngillarga zavq ulashuvchi yangi loyiha!
23 Aug, 2025 - 12:00
13
Qaynoq yoz mavsumida ko‘ngillarga zavq ulashuvchi yangi loyiha!
Qaynoq yoz mavsumida ko‘ngillarga zavq ulashuvchi yangi loyiha!
Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi mustaqilligimizning 34-yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi barcha ijodkorlar uchun
#TOSHKENT_MADANIYATI #VATAN_UCHUN_MILLAT_UCHUN_XALQ_UCHUN! chellenjiga start beradi.
Shartlar juda oddiy!
Musiqa, raqs, xonandalik, sozandalik va bastakorlik kabi ijodiy iqtidoringiz namunalarini 30 soniya yoki 1 daqiqalik qiziqarli videokontent sifatida tayyorlang hamda o‘z ijtimoiy tarmoqlaringizga @Toshkent_madaniyat instagram akkauntini belgilab, joylashtiring! Shuningdek, @Toshkent_madaniyat profiliga ham a’zo bo‘ling.
Ha, aytgancha, video avvalida #TOSHKENT_MADANIYATI
#VATAN_UCHUN_MILLAT_UCHUN_XALQ_UCHUN! chellenjiga!”, deyishni va xeshtegini qo‘yishni ham yoddan chiqarmang!
23-avgustdan 3-sentyabrgacha ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p ko‘rilgan va e’tirof etilgan 3 nafar ijodiy kontent sohiblari g‘olib sifatida tanlab olinadi!
G‘oliblar joriy yilning 5-sentyabr kuni Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan tantanali tarzda taqdirlanadi!
Unutmang! Mazkur chellenjdagi jamoaviy ishtirok faqat bitta ijodiy ko‘rinish sifatida baholanadi!
Chellenjda ishtirok eting, o‘z iqtidoringizni namoyon eting va orzularingiz ro‘yobiga yo‘l oching!
#TOSHKENT_MADANIYATI
#VATAN_UCHUN_MILLAT_UCHUN_XALQ_UCHUN! chellenji!