Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2025-yildagi istiqbolli rejalarga bag‘ishlangan brifing bo'lib o'tdi.

22 Apr, 2025 - 10:00
18
Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2025-yildagi istiqbolli rejalarga bag‘ishlangan brifing bo'lib o'tdi.

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2025-yildagi istiqbolli rejalarga bag‘ishlangan brifing bo'lib o'tdi.

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2025-yildagi istiqbolli rejalarga bag‘ishlangan brifing ma’lumot
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2024-yil davomida madaniyat sohasini rivojlantirish, targ‘ib qilish va kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha samarali faoliyat olib bordi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibori tufayli madaniyat va san’at sohasi yangi bosqichga ko‘tarilib xalqaro miqyosida xam yuksak e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufida 34 ta madaniyat markazlari, 30 ta bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyat yuritmoqda.
 I. Ommaviy-madaniy tadbirlar bo‘yicha:
2024 yilda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, aholimizni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, sohada iste’dodli yoshlarni tarbiyalash maqsadida poytaxtimizdagi tuman markazlarida jami 2.132 ta ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazildi va ularga 700.354 nafar aholi jalb etilib. rejaga muvofiq 15 foiz ortig‘i bilan bajarildi. 
II. Matbuot xizmati va raqamlashtirish bo‘yicha.
  Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati tomonidan 2024-yil faoliyati davomida 2.612 ta material ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.
Axborot texnologiyalari bo‘yicha boshqarma tasarrufidagi madaniyat bo‘limlari va bolalar musiqa va san’at maktablarining 44 ta rahbar xodimlari malakasi oshirildi. Tasarrufdagi bolalar musiqa va san’at maktablarining veb-saytlari yaratildi.
         Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkazilib kelayotgan barcha tadbirlar muntazam ravishda boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlari rasmiy sahifalari orqali yoritib kelinmoqda. 
III. Madaniyat markazlari faoliyati bo‘yicha. 
Poytaxtimizdagi 34 ta madaniyat markazlarida 193 ta to‘garak, studiya, qiziquvchilar klublari, kurslar tashkil etilgan va ularga 2.097 nafar yoshlar qamrab olingan. Bundan tashqari, 59 ta “Xalq” havaskorlik va “Namunali” bolalar unvoniga ega jamoalar faoliyat yuritib, 732 nafar ishtirokchilar qamrab olingan. 
2024 yil davomida Mirobod tumani G‘ofur G‘ulom nomidagi 3-son  madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Allegro” namunali bolalar raqs jamoasi “Xalqaro raqs san’ati” ko‘rik tanlovi, “Talanti Kazaxstana” xalqaro raqs tanlovi hamda “Art Silk Way” 2024 xalqaro raqs tanlovlarida 1-o‘rinlarni egallashdi. Bundan tashqari, Yunusobod tumani 22-sonli Xamid Olimjon nomidagi madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Shans” raqs studiyasi o‘quvchilari Qozog‘iston davlatida bo‘lib o‘tgan “Almaty open – 2024”  sport  raqsi bo‘yicha musobaqada     1-o‘rinni hamda “Expo – 2024” sport raqsi musobaqasida 1-2-o‘rinlarni, Germaniya davlatining Shtutgart shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada sovrinli o‘rinlarni, Malayziya davlatida bo‘lib o‘tgan “Asiya Open” tanlovida 1 va 2 o‘rinlarni, Tayland davlatida bo‘lib o‘tgan “Tayland qiroli kubogi”da 1-o‘rinni egallashdi. 
Shuningdek, Sergeli tuman 11-son madaniyat markazida faoliyat yurituvchi “Yangi avlod Erkatoy Elnur” namunali havaskorlik jamoasi ham “Chelni sobirayu druzey-2024” xalqaro yosh ijrochilar tanlovida ishtirok etib  Gran-Pri sohibi bo‘ldi.
IV. Ta’lim yo‘nalishida bo‘yicha.
Mavjud 30 ta bolalar musiqa va san’at maktablarida 7.965 nafar o‘quvchilarga 1.272 nafar o‘qituvchilarimiz tomonidan musiqaning 10 ta yo‘nalishi va san’atning 4 ta yo‘nalishlarida ta’lim berib kelinmoqda. O‘quvchilar qamrovi o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.
Toshkent shahridagi bolalar musiqa va san’at maktabining iqtidorli o‘quvchilari Italiyada bo‘lib o‘tgan  “San of Itali” Xalqaro tanlov-festivali, Gruziya davlati bo‘lib o‘tgan “Goldin Flis” Xalqaro tanlov-festivali, AQSHda bo‘lib o‘tgan “Goldin klassik myuzik evords” Xalqaro tanlov-festivali, Turkiyaning Kemer shahrida bo‘lib o‘tgan “Shoumir  dom  solnsa  Tursiya”  xalqaro  ko‘p  janrli  tanlov-festivali, va yana bir qator nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashdi.    
Prezidentimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan katta e’tiborlardan biri sifatida Yunusobod tumanida joylashgan 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi uchun 2023-yil yangi bino qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa aynan mana shu e’tibor natijasi o‘laroq mazkur maktabning 3-sinf o‘quvchisi Xusniddinova Yasmina maktabdagi yaratilgan keng sharoitlardan foydalangan holda malakali pedagoglardan bilim olib 2024-yilning may oyida Belorussiya davlatida bo‘lib o‘tgan “Slavyanskiy bazar” Xalqaro tanlov-festivalida faxrli Gran-Pri sohibasiga aylandi hamda shahsan Belorussiya davlati prezidenti Aleksandr Lukashenko qo‘lidan sovg‘alarni qabul qilib oldi, shuningdek, Xusnitdinova Yasmina Madaniyat vazirligi hamda Zo‘r TV telekanali tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Ovoz bolalar” teleloyihasida xam ishtirok etib, 3-o‘rin qo‘lga kiritib Italiyada bo‘lib o‘tadigan “Sanremo” xalqaro nufuzli tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan  2025-yildagi rejalar  to‘g‘risida ma’lumot
Toshkent shahri ijodiy jamoalari tomonidan  Andijon, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy, Namangan, Jizzax, Farg‘ona viloyatlarida «Madaniyat kunlari» tadbirlari yuqori saviyada o‘tkaziladi;
-Hududlarda mashhur xonanda, qiziqchi, askiya ustalari va boshqa ijodkorlar ishtirokida «Madaniyat karvoni» shaklida konsert-tomosha tadbirlari o‘tkaziladi;
- 2025-yilda 2 ta madaniyat muassasalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi;
-Har bir tuman va shaharlarda bolalar musiqa va san’at maktablari hamda milliy va zamonaviy cholg‘u ansambllarining lektoriy konserti, O‘zbekiston davlat  filarmoniyasi hamkorlikda hisobot konsertlari byudjetdan tashqari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yo‘lga qo‘yiladi;
Bolalar musiqa va san’at maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli o‘qituvchilar 60 foizga yetkaziladi;
- 5 ta davlatning madaniyat kunlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi;
-O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlab madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash