Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil III choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT

25 Sep, 2025 - 12:00
144
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil III choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil III choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil III choragi faoliyat bo‘yicha ma’lumot 

I. Ommaviy-madaniy tadbirlar bo‘yicha: 

2025 yilda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, aholimizni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, sohada iste’dodli yoshlarni tarbiyalash maqsadida poytaxtimizdagi tuman markazlarida jami 715 ta ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazildi va ularga 212 284 nafar aholi jalb etilib. Rejaga muvofiq 50 foiz ortig‘i bilan bajarildi.

 II. Matbuot xizmati va raqamlashtirish bo‘yicha.

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati tomonidan 2025-yil faoliyati davomida 1476 ta material ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.

Axborot texnologiyalari bo‘yicha boshqarma tasarrufidagi madaniyat bo‘limlari va bolalar musiqa va san’at maktablarining rahbar xodimlari reja grafika muvofiq xar chorakda  malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi va tasarrufdagi tizim tashkilotlarining rasmiy sahifalari tashkil yetilgan. Hamda o‘tkazilib kelayotgan barcha tadbirlar muntazam ravishda boshqarmaning hamda tizim tashkilotlarining rasmiy sahifalari orqali yoritib kelinmoqda.

III. Madaniyat markazlari faoliyati bo‘yicha

Poytaxtimizdagi 34 ta madaniyat markazlarida 200 ga yaqin to‘garak, studiya, qiziquvchilar klublari, kurslari tashkil etilgan va ularga 1990 nafar yoshlar qamrab olingan. Bundan tashqari, 59 ta “Xalq” havaskorlik va “Namunali” bolalar unvoniga ega jamoalar faoliyat yuritib, 670 nafar ishtirokchilar qamrab olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida joriy yilning 1-iyun kunidan 30-avgust sanasiga qadar Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi hamda boshqarma tasarrufidagi tizim tashkilotlari tomonidan maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 1-iyun kuni Toshkent shahar Bektemir tumani “Rohat” mahallasida “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga rasman start berildi. Tadbirda yoshlar, “mahalla yettiligi” vakillari, yoshlar yetakchilari hamda hamkor vazirlik va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida joriy yilning iyun oyida 321 ta tadbirlar o‘tkazilib, 65774 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi. Bundan tashqari, madaniyat markazlari hamda umumta’lim maktablarida tashkil etilgan oromgohlarda 197 ta to‘garaklar faoliyat olib borib, 1980 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori 1.14-ilovada ko‘rsatilgan bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrining viloyatlarda madaniyat kunlari tadbirlari hamda viloyatlarning Toshkent shahrida madaniyat kunlari tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorning 9-bandi ijrosi yuzasidan “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasini amalga oshirish maqsadida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumani “Sayilgoh ko‘chasi”da “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu loyiha davomida estrada san’ati, milliy va estrada cholg‘u ijrochiligi, tasviriy va amaliy san’at, raqs ijrochiligi yo‘nalishlari o‘z ijrolarini namoyon etishmoqda.

Jumladan, 2025-yil davomida Yunusobod tumani “Sayilgoh ko‘chasi”da ushbu loyiha doirasida boshqarma tasarrufidagi madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarida faoliyat yuritayotgan ijodiy xodimlar hamda Toshkent shahrida yashab ijod qilayotgan havaskor ijodkorlar tomonidan estrada san’ati, milliy va estrada cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha musiqaviy chiqishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori 5-ilovasi bilan “Turistik obyektlarda milliy va tarixiy sahnalarni yaratish orqali sayyohlar uchun ularning jozibadorligini yanada oshirish maqsadida turizm obyektlarida ijodiy jamoalarning teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari tashkil etish vazifasi belgilangan bo‘lib, Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi madaniyat markazlarida faoliyat yurituvchi unvonga ega badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan, Toshkent shahrida belgilangan turizm obyektlarida badiiy ijodiy jamoalar tomonidan joriy yilning mart va aprel oylarida manzilli rejaga asosan 100 ga yaqin teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 400 nafarga yaqin xorijiy hamda 1000 dan ziyod mahalliy tomoshabinlarga madaniy xizmat ko‘rsatildi.

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash