Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil I-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT
01 Apr, 2025 - 12:00
22
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil I-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasining 2025-yilning I-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil I-choragi davomida madaniyat sohasini rivojlantirish, targ‘ib qilish va kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha samarali faoliyat olib bordi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibori tufayli madaniyat va san’at sohasi yangi bosqichga ko‘tarilib xalqaro miqyosida ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufida 34 ta madaniyat markazlari, 30 ta bolalar musiqa va san’at maktablari hamda 1 ta Toshkent shahar Planetariysi faoliyat yuritmoqda.
I. Ommaviy-madaniy tadbirlar bo‘yicha:
2025-yilda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, aholimizni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, sohada iste’dodli yoshlarni tarbiyalash maqsadida poytaxtimizdagi tuman markazlarida jami 605 ta ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazildi va ularga 182 308 nafar aholi jalb etilib, rejaga muvofiq 50 foiz ortig‘i bilan bajarildi.
II. Matbuot xizmati va raqamlashtirish bo‘yicha:
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati tomonidan 2025-yil I-choragi davomida 943 ta material ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.
Axborot texnologiyalari bo‘yicha boshqarma tasarrufidagi madaniyat bo‘limlari va bolalar musiqa va san’at maktablarining rahbar xodimlari reja-grafikka muvofiq xar chorakda malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etilmoqda Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi va tasarrufdagi tizim tashkilotlarining rasmiy sahifalari tashkil etildi. Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkazilib kelayotgan barcha tadbirlar muntazam ravishda boshqarmaning hamda tizim tashkilotlarining rasmiy sahifalari orqali yoritib kelinmoqda.
III. Madaniyat markazlari faoliyati bo‘yicha.
Poytaxtimizdagi 34 ta madaniyat markazlarida 197 ta to‘garak, studiya, qiziquvchilar klublari, kurslar tashkil etilgan va ularga 1980 nafar yoshlar qamrab olingan. Bundan tashqari, 59 ta “Xalq” havaskorlik va “Namunali” bolalar unvoniga ega jamoalar faoliyat yuritib, 667 nafar ishtirokchilar qamrab olingan.
2025 yil davomida Mirobod tumani G‘ofur-G‘ulom nomidagi 3-son madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Allegro” namunali bolalar raqs jamoasi “Xalqaro raqs san’ati” ko‘rik tanlovi, “Talanti Kazaxstana” xalqaro raqs tanlovi hamda “Art Silk Wey” 2025 xalqaro raqs tanlovlarida 1-o‘rinlarni egallashdi.
IV. Ta’lim yo‘nalishida bo‘yicha.
Mavjud 30 ta bolalar musiqa va san’at maktablarida 8296 nafar o‘quvchilarga 1255 nafar o‘qituvchilarimiz tomonidan musiqaning 10 ta yo‘nalishi va san’atning 4 ta yo‘nalishlarida ta’lim berib kelinmoqda.
O‘quvchilar qamrovi o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshgan 8296 nafar o‘quvchi bolalar 200 nafardan ortig‘i turli yo‘nalishlarda respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘olibi hisoblanadi. Respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari 2024 yilga nisbatan 10 foizga o‘sgan.
Toshkent shahridagi bolalar musiqa va san’at maktabining iqtidorli o‘quvchilari Italiyada bo‘lib o‘tgan “San ov Itali” Xalqaro tanlov-festivali, Gruziya davlati bo‘lib o‘tgan “Goldin Flis” Xalqaro tanlov-festivali, AQSHda bo‘lib o‘tgan “Goldin klassik myuzik evords” Xalqaro tanlov-festivali, Turkiyaning Kemer shahrida bo‘lib o‘tgan “Shoumir dom solnsa Tursiya” xalqaro ko‘p janrli tanlov-festivali, va yana bir qator nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashdi.
V. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat va san’at sohasidagi tegishli qarorlari yuzasidan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori 1.14-ilovada ko‘rsatilgan bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrining viloyatlarda madaniyat kunlari tadbirlari hamda viloyatlarning Toshkent shahrida madaniyat kunlari tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorining 9-bandi b qismi ijrosi yuzasidan “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasini amalga oshirish maqsadida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumani “Sayilgoh ko‘chasi”da “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu loyiha davomida estrada san’ati, milliy va estrada cholg‘u ijrochiligi, tasviriy va amaliy san’at, raqs ijrochiligi yo‘nalishlari o‘z ijrolarini namoyon etishmoqda.
Jumladan, 2025-yil davomida Yunusobod tumani “Sayilgoh ko‘chasi”da ushbu loyiha doirasida boshqarma tasarrufidagi madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarida faoliyat yuritayotgan ijodiy xodimlar hamda Toshkent shahrida yashab ijod qilayotgan havaskor ijodkorlar tomonidan estrada san’ati, milliy va estrada cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha musiqaviy chiqishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori 5-ilovasi bilan “Turistik obyektlarda milliy va tarixiy sahnalarni yaratish orqali sayyohlar uchun ularning jozibadorligini yanada oshirish maqsadida turizm obyektlarida ijodiy jamoalarning teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari tashkil etish vazifasi belgilangan bo‘lib, Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi madaniyat markazlarida faoliyat yurituvchi unvonga ega badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan, Toshkent shahrida belgilangan turizm obyektlarida badiiy ijodiy jamoalar tomonidan joriy yilning mart va aprel oylarida manzilli rejaga asosan 100 ga yaqin teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 400 nafarga yaqin xorijiy hamda 1000 dan ziyod mahalliy tomoshabinlarga madaniy xizmat ko‘rsatildi.