Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2024-yil yakunlari bo'yicha HISOBOTI

10 Jan, 2025 - 10:24
18
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2024-yil yakunlari bo'yicha HISOBOTI

Madaniyat boshqarmasi yillik faoliyati

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufida 34 ta madaniyat markazlari, 30 ta bolalar musiqa va san’at maktablari hamda 1 ta Toshkent shahar Planetariysi faoliyat yuritmoqda.

I. Ommaviy-madaniy tadbirlar bo‘yicha:

2024 yilda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, aholimizni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, sohada iste’dodli yoshlarni tarbiyalash maqsadida poytaxtimizdagi tuman markazlarida jami 2.132 ta ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazildi va ularga 700.354 nafar aholi jalb etildi. Ushbu tadbirlar rejaga muvofiq 15 foiz ortig‘i bilan bajarildi. 

II. Matbuot xizmati va raqamlashtirish bo‘yicha.

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati tomonidan 2024-yil faoliyati davomida Toshkent shahar bo‘yicha umumiy hisobda  2.612 ta material ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.

Axborot texnologiyalari bo‘yicha boshqarma tasarrufidagi madaniyat bo‘limlari va bolalar musiqa va san’at maktablarining 44 ta rahbar xodimlari malakasi oshirildi.

Tasarrufdagi bolalar musiqa va san’at maktablarining veb-saytlari yaratildi.

Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkazilib kelayotgan barcha tadbirlar muntazzam ravishda boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlari rasmiy saxifalari orqali yoritib kelinmoqda. 

III. Madaniyat markazlari faoliyati bo‘yicha.

Poytaxtimizdagi 34 ta madaniyat markazlarida 193 ta to‘garak, studiya, qiziquvchilar klublari, kurslar tashkil etilgan va ularga 2.097 nafar yoshlar qamrab olingan. Bundan tashqari, 59 ta “Xalq” havaskorlik va “Namunali” bolalar unvoniga ega jamoalar faoliyat yuritib, 732 nafar ishtirokchilar qamrab olingan.

2024 yil davomida Mirobod tumani G‘ofur G‘ulom nomidagi 3-son  madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Allegro” namunali bolalar raqs jamoasi “Xalqaro raqs san’ati” ko‘rik tanlovi, “Talanti Kazaxstana” xalqaro raqs tanlovi hamda “Art Silk Way” 2024 xalqaro raqs tanlovlarida 1-o‘rinlarni egallashdi. Bundan tashqari, Yunusobod tumani 22-sonli Xamid Olimjon nomidagi madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Shans” raqs studiyasi o‘quvchilari Qozog‘iston davlatida bo‘lib o‘tgan “Almaty open – 2024” sport raqsi bo‘yicha musobaqada 1-o‘rinni hamda “Expo – 2024” sport raqsi musobaqasida 1-2-o‘rinlarni, Germaniya davlatining Shtutgart shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada sovrinli o‘rinlarni, Malayziya davlatida bo‘lib o‘tgan “Asia Open” tanlovida 1 va 2 o‘rinlarni, Tayland davlatida bo‘lib o‘tgan “Tayland qiroli kubogi”da 1-o‘rinni egallashdi.

Shuningdek, Sergeli tuman 11-son madaniyat markazida faoliyat yurituvchi “Yangi avlod Erkatoy elnur” na’munali havaskorlik jamoasi ham “Chelni sobirayut druzey-2024” xalqaro yosh ijrochilar tanlovida ishtirok etib Gran-Pri sohibi bo‘ldi.

IV. Ta’lim yo‘nalishida bo‘yicha.

Mavjud 30 ta bolalar musiqa va san’at maktablarida 7.965 nafar o‘quvchilarga 1.272 nafar o‘qituvchilarimiz tomonidan musiqaning 10 ta yo‘nalishi va san’atning 4 ta yo‘nalishlarida ta’lim berib kelinmoqda. O‘quvchilar qamrovi o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.

7.965 nafar o‘quvchi bolalar 450 nafardan ortig‘i turli yo‘nalishlarda respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘olibi hisoblanadi. Respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari 2023 yilga nisbatan 14 foizga o‘sgan.

Toshkent shahridagi bolalar musiqa va san’at maktabining iqtidorli o‘quvchilari Italiyada bo‘lib o‘tgan  “Sun of  Italy” Xalqaro tanlov-festivali, Gruziya davlati bo‘lib o‘tgan “Golden Fleec” Xalqaro tanlov-festivali, AQSHda bo‘lib o‘tgan “Golden classical music awards” Xalqaro tanlov-festivali, Turkiyaning Kemer shahrida bo‘lib o‘tgan “Shoumir  dom  solnsa  Tursiya”  xalqaro  ko‘p  janrli  tanlov-festivali, va yana bir qator nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashdi.   

Prezidentimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan katta e’tiborlardan biri sifatida Yunusobod tumanida joylashgan 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi uchun 2023-yil yangi bino qo‘rib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa aynan manashu e’tibor natijasi o‘laroq mazkur maktabning 3-sinf o‘quvchisi Xusniddinova Yasmina maktabdagi yaratilgan keng sharoitlardan foydalangan holda malakali pedagoglardan bilim olib 2024-yilning may oyida Belorussiya davlatida bo‘lib o‘tgan “Slavyanskiy bazar” Xalqaro tanlov-festivalida faxrli Gran-Pri sohibasiga aylandi hamda shahsan Belorussiya davlati prezidenti Aleksandr Lukashenko qo‘lidan sovg‘alarni qabul qilib oldi, shuningdek, Xusnitdinova Yasmina Madaniyat vazirligi hamda Zo‘r TV telekanali tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Ovoz bolalar” teleloyihasida xam ishtirok etib, 3-o‘rin qo‘lga kiritib Italiyada bo‘lib o‘tadigan “San Rema” xalqaro nufuzli tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

V. Moliya-iqtisod bo‘yicha.

2024-yilda Bolalar musiqa-san’at maktablari, tuman madaniyat bo‘limlari va 34-sonli Madaniyat markazi tomonidan ishlab topilgan pul mablag‘lari jami 16,482 mlrd so‘mdan iborat bo‘lib, shundan, Bolalar musiqa-san’at maktablarining mablag‘lari 14,830 mlrd so‘mni, tuman madaniyat markazlari mablag‘lari 1,652 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

 

 

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash