Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil IV choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT
25 Dec, 2025 - 09:00
94
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil IV choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasining 2025-yilning IV choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufida 34 ta madaniyat markazlari, 30 ta bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyat yuritmoqda.
I. Ommaviy-madaniy tadbirlar bo‘yicha:
2025 yilda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, aholimizni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, sohada iste’dodli yoshlarni tarbiyalash maqsadida poytaxtimizdagi tuman markazlarida jami 725 ta ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazildi va ularga 250 425 nafar aholi jalb etilib. Rejaga muvofiq 50 foiz ortig‘i bilan bajarildi.
II. Matbuot xizmati va raqamlashtirish bo‘yicha:
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati tomonidan 2025-yil faoliyati davomida 3 324 ta material ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.
Axborot texnologiyalari bo‘yicha boshqarma tasarrufidagi madaniyat bo‘limlari va bolalar musiqa va san’at maktablarining rahbar xodimlari reja-grafikka muvofiq xar chorakda malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi va tasarrufdagi tizim tashkilotlarining rasmiy sahifalari tashkil etilgan hamda o‘tkazilib kelayotgan barcha tadbirlar muntazam ravishda boshqarmaning hamda tizim tashkilotlarining rasmiy sahifalari orqali yoritib kelinmoqda.
III. Madaniyat markazlari faoliyati bo‘yicha:
2025-yilning IV choragida boshqarma tomonidan aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda yoshlar va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida izchil ishlar amalga oshirildi.
Xususan, madaniyat markazlari va bolalar musiqa hamda san’at maktablari tomonidan bayram sanalari va muhim ijtimoiy voqealar munosabati bilan yuzlab madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari va teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda o‘n minglab aholi va mehmonlar qamrab olindi.
Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan poytaxtning markaziy maydonlari va istirohat bog‘larida yuqori saviyada ommaviy bayram tadbirlari va konsert dasturlari o‘tkazildi. Tadbirlar professional ijodiy jamoalar, taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida tashkil etildi.
Turizmni rivojlantirish maqsadida 24/7 turizm ko‘chalari, dam olish maskanlari va bog‘larda festival va madaniy loyihalar amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlarda boshqarma tasarrufidagi muassasalar faol ishtirok etdi.
Yil yakuni munosabati bilan poytaxtning turli hududlarida Yangi yil bayram tadbirlari tashkil etilib, ular zamonaviy texnik vositalar bilan to‘liq ta’minlandi hamda aholiga bayramona kayfiyat ulashildi.
IV. Ta’lim yo‘nalishida bo‘yicha:
Madaniyat boshqarmasi tasarrufida 30 ta bolalar musiqa va san’at maktablari mavjud. Maktablarning umumiy quvvati 5300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda o‘quvchilar soni 8 296 nafarni tashkil etadi.
Bolalar musiqa va san’at maktablarida 1255 nafar malakali o‘qituvchilar o‘quvchilarga musiqaning 10 yo‘nalishi (fortepiano, torli va kamonli cholg‘ular, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy xonandalik, estrada xonandaligi, akademik xonandalik, an’anaviy sozandalik, estrada sozandaligi, baxshchilik san’ati) va san’atning 4 (tasviriy san’at, amaliy san’at, xoreografiya (raqs), teatr san’ati) yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berib kelmoqdalar.
Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyati doirasida o‘quvchilar respublika va xalqaro tanlovlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallashdi. O‘quv yili yakunlari bo‘yicha hisobot konsertlari o‘tkazildi.
Umuman olganda, 2025-yil IV choragida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tomonidan madaniyat va san’at sohasida belgilangan vazifalar samarali amalga oshirilib, aholining madaniy hayotidagi faolligi yanada oshirildi.