Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajak poydevori!

02 Apr, 2026 - 10:00
4
Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajak poydevori!

Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajak poydevori!

📢 Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajak poydevori!

➡️ Bugun Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tomonidan “Yoshlar kuni” doirasidagi uchrashuvlar izchil davom ettirilmoqda.

💳 Jumladan, Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi v.v.b B. Baxromov tomonidan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. 
🧾 Mazkur uchrashuvda yoshlarning kasbiy rivoji, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

➡️ Muloqot davomida yoshlarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki ularning ma’naviy-estetik dunyoqarashini shakllantirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari va tashabbuslar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

💳 Uchrashuvda yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirib, ochiq muloqot muhiti yaratilgani, ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanayotgani alohida e’tirof etildi.

🤝 Shu bilan birga, yoshlarni ish bilan ta’minlash, amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish hamda madaniyat muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.

⚡️ Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini tinglash va yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#Yoshlar_bilan_muloqot
#ToshkentMadaniyat #YoshlarSiyosati

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash