Rahbar va Yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi!

26 Mar, 2026 - 10:00
6
Rahbar va Yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi!

Rahbar va Yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi!

Xabaringiz bor Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni  “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan.

➡️ Mazkur tashabbus yoshlar bilan ishlashni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini bevosita eshitish, bandlik, ta’lim va tadbirkorlik masalalarini hal qilishga qaratilgan.

➡️ Shu munosabat bilan, joriy yilning 26-mart kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasida tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🗂 Uchrashuvda Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Bekzod Baxromov yosh xodimlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.

⚡️ Muloqot davomida ayniqsa Raqamlashtirish hamda Matbuot xizmati yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi. 
➡️ Axborot ochiqligini ta’minlash, raqamli platformalar orqali tezkor va ishonchli ma’lumot yetkazish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

🔔 Yoshlar - tizimning eng katta kuchi, taraqqiyot va yangilanish drayveridir.

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash