Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil II-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT
01 Jul, 2025 - 12:00
37
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil II-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha MA’LUMOT
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi 2025-yil 2-choragi faoliyat bo‘yicha ma’lumot
I. Ommaviy-madaniy tadbirlar bo‘yicha:
2025 yilda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, aholimizni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, sohada iste’dodli yoshlarni tarbiyalash maqsadida poytaxtimizdagi tuman markazlarida jami 625 ta ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazildi va ularga 200 635 nafar aholi jalb etilib. Rejaga muvofiq 50 foiz ortig‘i bilan bajarildi.
II. Matbuot xizmati va raqamlashtirish bo‘yicha.
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati tomonidan 2025-yil faoliyati davomida 1856 ta material ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.
Axborot texnologiyalari bo‘yicha boshqarma tasarrufidagi madaniyat bo‘limlari va bolalar musiqa va san’at maktablarining rahbar xodimlari reja grafika muvofiq xar chorakda malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi va tasarrufdagi tizim tashkilotlarining rasmiy sahifalari tashkil yetilgan. Hamda o‘tkazilib kelayotgan barcha tadbirlar muntazam ravishda boshqarmaning hamda tizim tashkilotlarining rasmiy sahifalari orqali yoritib kelinmoqda.
III. Madaniyat markazlari faoliyati bo‘yicha
Poytaxtimizdagi 34 ta madaniyat markazlarida 200 ga yaqin to‘garak, studiya, qiziquvchilar klublari, kurslari tashkil etilgan va ularga 1990 nafar yoshlar qamrab olingan. Bundan tashqari, 59 ta “Xalq” havaskorlik va “Namunali” bolalar unvoniga ega jamoalar faoliyat yuritib, 670 nafar ishtirokchilar qamrab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida joriy yilning 1-iyun kunidan 30-avgust sanasiga qadar Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi hamda boshqarma tasarrufidagi tizim tashkilotlari tomonidan maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 1-iyun kuni Toshkent shahar Bektemir tumani “Rohat” mahallasida “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga rasman start berildi. Tadbirda yoshlar, “mahalla yettiligi” vakillari, yoshlar yetakchilari hamda hamkor vazirlik va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida joriy yilning iyun oyida 321 ta tadbirlar o‘tkazilib, 65774 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi. Bundan tashqari, madaniyat markazlari hamda umumta’lim maktablarida tashkil etilgan oromgohlarda 197 ta to‘garaklar faoliyat olib borib, 1980 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat va san’at sohasidagi tegishli qarorlari yuzasidan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori 1.14-ilovada ko‘rsatilgan bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrining viloyatlarda madaniyat kunlari tadbirlari hamda viloyatlarning Toshkent shahrida madaniyat kunlari tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorning 9-bandi ijrosi yuzasidan “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasini amalga oshirish maqsadida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumani “Sayilgoh ko‘chasi”da “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu loyiha davomida estrada san’ati, milliy va estrada cholg‘u ijrochiligi, tasviriy va amaliy san’at, raqs ijrochiligi yo‘nalishlari o‘z ijrolarini namoyon etishmoqda.
Jumladan, 2025-yil davomida Yunusobod tumani “Sayilgoh ko‘chasi”da ushbu loyiha doirasida boshqarma tasarrufidagi madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarida faoliyat yuritayotgan ijodiy xodimlar hamda Toshkent shahrida yashab ijod qilayotgan havaskor ijodkorlar tomonidan estrada san’ati, milliy va estrada cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha musiqaviy chiqishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori 5-ilovasi bilan “Turistik obyektlarda milliy va tarixiy sahnalarni yaratish orqali sayyohlar uchun ularning jozibadorligini yanada oshirish maqsadida turizm obyektlarida ijodiy jamoalarning teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari tashkil etish vazifasi belgilangan bo‘lib, Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi madaniyat markazlarida faoliyat yurituvchi unvonga ega badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan, Toshkent shahrida belgilangan turizm obyektlarida badiiy ijodiy jamoalar tomonidan joriy yilning mart va aprel oylarida manzilli rejaga asosan 100 ga yaqin teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 400 nafarga yaqin xorijiy hamda 1000 dan ziyod mahalliy tomoshabinlarga madaniy xizmat ko‘rsatildi.
IV. Ta’lim yo‘nalishida bo‘yicha.
Madaniyat boshqarmasi tasarrufida 30 ta bolalar musiqa va san’at maktablari mavjud. Maktablarning umumiy quvvati 5300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda o‘quvchilar soni 8296 nafarni tashkil etadi.
Bolalar musiqa va san’at maktablarida 1255 nafar malakali o‘qituvchilar o‘quvchilarga musiqaning 10 ta yo‘nalishi (fortepiano, torli va kamonli cholg‘ular, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy xonandalik, estrada xonandaligi, akademik xonandalik, an’anaviy sozandalik, estrada sozandaligi, baxshichalik san’ati) va san’atning 4 (tasviriy san’at, amaliy san’at, xoreografiya (raqs), teatr san’ati) yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berib kelmoqdalar 1255 nafar o‘qituvchilardan 875 nafari oliy, 380 nafar o‘rta-maxsus, 187 nafari tugallanmagan oliy va o‘rta ma’lumotli. 2024/2025 o‘quv yili uchun 2544 nafar o‘quvchi bolalar 1-sinfga qabul qilindi. 2024/2025 o‘quv yilida 783 nafar bitiruvchi bitirdi.
Yil davomida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:yil davomida bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari masofasiz (oflayn) tarzda o‘tkazilgan turli respublika va xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallarda faol qatnashib kelmoqdalar, statistik ma’lumotlarga ko‘ra shu kunga qadar g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soni qariyb 1000 nafardan oshdi. Bunda, Rossiya, Turkiya, Italiya, Azarbayjon, Bolgariya, Fransiya, Ruminiya, Ukraina, Qozog‘iston Respublikasi kabi yirik mamlakatlarda onlayn hamda oflayn tarzda musiqa va san’at turlari bo‘yicha qatnashib, Gran-pri, Laureat, 1-2-3-o‘rinlar va maxsus diplomlarga sazovor bo‘lishdi.