“Navro‘z” bog‘ida milliy qadriyatlar bayrami! tadbiri bo'lib o'tdi

“Navro‘z” bog‘ida milliy qadriyatlar bayrami! tadbiri bo'lib o'tdi

Foto || 27-Mar-2025 21:02 || 1

Poytaxtimizning so'lim go'shasi — "Navro'z" bog'ida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish maqsadida “Toshkent shahrida — milliy qadriyatlar” shiori ostida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultanova ochib berib, milliy qadriyatlarimizni saqlash va rivojlantirishning muhim ahamiyatini ta’kidladi.

🎉 Bayram dasturidan joy olgan tadbirlar:
✅ Xalq sayllari — shodiyona va bayramona muhit;
✅ Milliy liboslar ko‘rgazmasi — o‘zbekona urf-odatlar ifodasi;
✅ Teatrlashtirilgan tomoshalar — tarix va qadriyatlar uyg‘unligi;
✅ Konsert dasturlari — milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar;
✅ Milliy taomlar ko‘rgazmasi — o‘zbek oshxonasining boyligi;
✅ Hunarmandchilik yarmarkasi — xalqimizning bebaho merosi;
✅ Madaniyat markazlari ko‘rgazmalari — tarixiy va etnografik ekspozitsiyalar.

Tadbir davomida xalq hunarmandlari o‘zlarining noyob asarlari, badiiy havaskorlik jamoalari o‘zlarining sahna chiqishlari, raqqosalar, sozandalar va qo‘shiqchilar esa o‘zlarining mahorati bilan bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

🏆 Bayram doirasida eng yaxshi milliy qadriyatlar muhitini yarata olgan tuman, eng yaxshi milliy taomlar tayyorlagan tuman, eng yaxshi milliy o‘yinlar, eng yaxshi badiiy havaskorlik jamoalari kabi turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va taqdirlandi.


“Navro‘z” bog‘ida milliy qadriyatlar bayrami! tadbiri bo'lib o'tdi
“Navro‘z” bog‘ida milliy qadriyatlar bayrami! tadbiri bo'lib o'tdi
“Navro‘z” bog‘ida milliy qadriyatlar bayrami! tadbiri bo'lib o'tdi
“Navro‘z” bog‘ida milliy qadriyatlar bayrami! tadbiri bo'lib o'tdi

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash