Joriy yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida "Navoiy va Bobur navolari" nomli yosh ijrochilar tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan jami 34 nafar o‘quvchi va 11 ta guruh ansambllar Toshkent shahridagi musiqaga ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich va o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ishtirok etdilar.